Bolalar, o‘smirlar va ovqatlanish gigienasi kafedrasi 2005 yilda Birinchi va Ikkinchi Toshkent Davlat tibbiyot institutlari qo‘shilib, Toshkent tibbiyot akademiyasi (TTA) tashkil etilgandan keyin tashkil topgan. Toshkent tibbiyot akademiyasi tashkil etilguncha bu kafedra Bolalar va o‘smirlar gigienasi va Ovqatlanish gigienasi yo‘nalishlari bo‘yicha alohida mustaqil kafedralar hisoblangan.
2005 yilda TTA tashkil etilgandan keyin Bolalar va o‘smirlar gigienasi va ovqatlanish gigenasi kafedralari qo‘shilib, Bolalar, o‘smirlar va ovqatlanish gigienasi kafedrasi tashkil etilgan va unga rahbar qilib t.f.d., prof., G.I.Shayxova tayinlangan.
Bolalar va o‘smirlar gigienasi muammolari mamlakatimiz aholisining salmoqli qismini qamrab oladi. Bolalar kattalarga nisbatan boshqacharoq shart-sharoitda yashaydilar, shuning uchun ham o‘qitish va tarbiyalashning gigienik prinsiplari kattalarning professional mehnati yoki ijtimoiy mehnatidan tubdan farq qiladi.
Bolalarning biologik o‘ziga xosligi kattalardan nafaqat miqdor, balki sifat jihatidan ham keskin ajralib turadi va ular uchun “kattalar gigienasi”dan farqlanuvchi boshqa gigienani talab qiladi. Bundan 105 yil muqaddam (1898) mashhur pediatr N. P. Gundobin o‘zining Harbiy-tibbiyot akademiyasi talabalariga o‘qigan ma’ruzasida “Bolalar yoshidagi gigiena, organizmning anatomik-fiziologik o‘ziga xosligi sharofati bilan kattalarnikidan butkul o‘zgacha bo‘ladi”, degan edi.
O‘zbekistonda Bolalar va o‘smirlar gigienasi fanining rivojlanish tarixi
IX-X asrlarda bolalar gigienasining rivojlanishiga O‘zbekistonda buyuk shifokor-olim Abu Ali ibn Sino katta hissa qo‘shgan, o‘zining tibbiy to‘plam asarlaridan birida shunday yozgan: “Bola yaxshi, pokiza sharoitda, toza muhitda o‘ssa va rivojlansa, u sog‘lom bo‘ladi”.
1936 yili O‘rta Osiyo Davlat tibbiyot instituti sanitariya-gigiena fakulteti qoshidagi umumiy jamoa gigienasi kafedrasida Maktab gigienasi” kursi tashkil etildi. 1938 yilda Toshkent tibbiyot instituti qoshida Maktab gigienasi kafedrasi tashkil qilindi.
1938-1945 yillarda mustaqil kafedra tashkil qilinib, uning mudiri qilib dotsent S.M.Subbotin tayinlangan.
1945 yildan 1961 yilgacha kafedra mudiri lavozimida professor V.P.Shirokova-Divaeva ishlagan va maktab gigienasi fanini 1956 yilda Bolalar va o‘smirlar gigienasi faniga aylantirgan va uning shakllanishiga juda katta hissa qo‘shgan.
1962-1968 yillarda kafedraga dotsent V.S. Lyudgovskaya mudirlik qilgan.
1968 yildan 1995 yilgacha kafedraga professor M.N.Ismailov rahbarlik qilgan.
1995 yildan 2005 yilgacha kafedrani t.f.d., professor, xalqaro akademiyalar akademigi G.I.Shayxova boshqargan.
Ovqatlanish gigienasi kafedrasi 1936 yilda Toshkent davlat tibbiyot instituti qoshida tashkil topgan. Kafedraning birinchi mudiri etib professor M.A. Petrova tayinlangan. (1936–1946 yy.).
1946 yildan 1978 yilgacha kafedrani O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi professor G.M. Maxkamov boshqargan.
1978-1991 yillarda kafedrani professor N.L.Romanchenko boshqargan.
1991 yildan 2005 yilgacha esa kafedraga professor Sh.S. Baxridinov rahbarlik qilgan.
Professor G.I.Shayxova 1995 yildan beri “Bolalar va o‘smirlar gigienasi” kafedrasiga rahbarlik qilib kelmoqda. Prof. G.I.Shayxova o‘zining asosiy ilmiy yo‘nalishida homilador va emizuvchi ayollar, maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarning salomatligi va jismoniy rivojlanishini o‘rgandi, ayollarda va o‘smir qizlarda kamqonlik va buqoq kasalliklarini oldini olish uchun yangi temir moddasi va vitaminlar bilan boyitilgan oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqardi. Undan tashqari maktabgacha bolalar muassasalarida, maktablar, tibbiyot litseylari, kollejlari va bolalar uylarida bolalar va o‘smirlarning kun tartibi, salomatligi, ularning ratsional ovqatlanishi, sport bilan shug‘ullanishi, o‘quv faoliyati va boshqa yo‘nalishdagi ilmiy ishlarga rahbarlik qilib kelmoqda.
2012 yilning 2 okyabridan kafedraga tibbiyot fanlari doktori Nizom Jumaqulovich Ermatov rahbarlik qilib kelmoqda.
Bolalar, o‘smirlar va ovqatlanish gigienasi kafedrasi 2005 yilda Birinchi va Ikkinchi Toshkent Davlat tibbiyot institutlarini Toshkent tibbiyot akademiyasiga qayta tashkillashuvi natijasida tashkil etildi. Toshkent tibbiyot akademiyasi tashkil etilishidan oldin Bolalar va o‘smirlar gigienasi kafedrasi, hamda Ovqatlanish gigienasi kafedralari alohida mustaqil kafedra bo‘lishgan.
Bolalar va o‘smirlar gigienasi kafedrasi o‘zining faoliyatini 1936 yilda Ijtimoiy gigiena kafedrasi qoshidagi maktab gigienasi kursi sifatida boshladi. Mustaqil kafedrani asoschisi va uning mudiri bo‘lib Subbotin S.M. xizmat ko‘rsatgan, 1938 yildan 1945 yilgacha kafedraga rahbarlik qilgan. 1945 yildan 1961 yilgacha kafedraga professor Shirokova-Divaeva rahbarlik qilgan va uning boshchiligida Maktab gigienasi kafedrasi tashkil etilgan, 1956 yilda esa kafedraga Bolalar va o‘smirlar gigienasi kafedrasi nomi berilgan. 1962–1968 yy. kafedraga dotsent Lyudgovskaya V.S. rahbarlik qilgan. 1968-1995 yy. kafedraga professor Ismailov M.N. rahbarlik qilgan. 1995 yildan 2012 yilgacha kafedra mudiri bo‘lib professor, Xalqaro akademiya akademigi Shayxova G.I. bo‘lgan. 2012 yildan xozirgi vaqtgacha kafedraga dotsent, d.m.n. N.J.Ermatov rahbarlik qilmoqda.
Subbotin Semen Matveevich
(1889—1948)
Gigienist, yaxudiy, 1918 yildan KPSS a’zosi, tibbiyot fanlari nomzodi, professor, Grajdan urushi qatnashchisi. 1914 yilda Bazel Universitetini meditsina fakultetini tamomlagan. 1938 y. tibbiyot fanlari nomzodi ilmiy darajasi va professor ilmiy unvoni dissertatsiya himoyasisiz berilgan. 1930-1933 yy. — Ijtimoiy gigiena kafedrasi mudiri, 1938 – 1948 yy. — Bolalar va o‘smirlar gigienasi kafedrasi mudiri. 1933-1937 yy. — qo‘shimcha vazifada Fiziologiya, Patologiya va Mehnat gigienasi kafedralarida professordir. Shahar Kengashini Sog‘liqni saqlash byuro seksiyasini a’zosi; O‘zSSR Konstitutsiyasini muharrirlik komissiyasini a’zosi.
Subbotin S.M. kafedraga 1938 – 1948 yy. rahbarlik qilgan.
Shirokova-Divaeva Varvara Petrovna
(1889-1961)
Gigienist, rus, tibbiyot fanlari doktori (1954), professor (1955), O‘zbekiston SSRni Xizmat ko‘rsatgan vrachi. 1915 yilda Leningrad ayollar tibbiyot institutini tamomlagan. 1939 yilda tibbiyot fanlari nomzodi ilmiy darajasi faoliyati yig‘indisiga muvofiq berilgan. Doktorlik dissertatsiyasini 1954 yilda himoya qilgan (25 yil ichida Toshkent shahrini maktabgacha va maktab yoshidagi bo‘lgan bolalarni jismoniy rivojlanuvi dinamikasi). Maktablarni sanitariya-gigiena holatlari savollariga, bolalar va o‘smirlar sog‘ligini saqlash va ularni jismoniy rivojlanishiga bag‘ishlangan savollari bo‘yicha 25 ilmiy ishlar muallifidir. 1948 – 1961 yy.- Bolalar va o‘smirlar gigienasi kafedrasi mudiri, 5 ta tibbiyot fanlari nomzodini tayyorlagan. Sanitar-gigienik fakultetni SIKni rahbari bo‘lgan. «Znak Pocheta» ordeni bilan taqdirlangan.
Shirokova-Divaeva V.P. kafedraga 1948 yildan 1961 yilgacha rahbarlik qilgan.
Lyudogovskaya Valentina Sergeevna
(1906-1989)
Gigienist, 1906 yilda tug‘ilgan, rus, tibbiyot fanlari nomzodi (1953), dotsent (1961). 1929 yilda Kuban Davlat tibbiyot institutini tamomlagan. 1953 yilda nomzodlik dissertatsiyasini himoyalagan (Boshlang‘ich maktab yoshidagi o‘quvchilar uchun partalar komplektini ishlab chiqish). Mashg‘ulotlar davrida o‘quvchilarni gavda tutishiga, hamda maktablarni obodonchiligiga bag‘ishlangan 32 ta ilmiy ishlar muallifidir. 1962-1968 yy. – Bolalar va o‘smirlar gigienasi kafedrasi mudiri o‘rinbosari. «Za doblestnыy trud v Velikoy Otechestvennoy voyne 1941-1945 gg.» medali bilan taqdirlangan.
Lyudogovskaya V.S. kafedraga 1962 yildan 1968 yilgacha rahbarlik qilgan.
Ma’ruf Nosirovich Ismoilov
(1929)
Gigienist, o‘zbek, t.f.d, professor, 1952 yilda Toshkent tibbiyot instituti (ToshMI)ni bitirgan, 1952-1956 yy. ToshMIni Gigiena kafedrasi aspiranti, 1956-1968 yy. s.n.s , O‘zbekiston ilmiy tekshirish instituti sanitariya, gigiena va professional kasalliklar laboratoriyasi mudiri, 1968-1991 yy. – ToshMIni Bolalar va o‘smirlar gigienasi kafedrasi mudiri (1990 y. so‘ng 2-ToshDavTI), va 1995 yilda Bolalar va o‘smirlar gigienasi kafedrasi professori.
Kandidatlik dissertatsiyasini 1957 yilda himoya qilgan (Bolalar yoshiga mo‘ljallangan emulsiyalar turiga nisbatan yog‘larni gigienik baholash), doktorlik dissertatsiyasini 1967 yilda himoyalagan (O‘suvchi organizm uchun paxta yog‘idan olingan yangi yog‘larni ozuqaviy qimmatliligini va gigienik tavsifini tadqiqot qilish). 215 ta ilmiy ish, 7 ta monografiya, 1 darslik muallifidir. 2 ta doktor va 12 ta tibbiyot fanlari nomzodini tayyorlagan.
«Otlichnik zdravooxraneniya» ko‘krak nishoni, tibbiyot xodimlari profsoyuzini faxriy yorliqi bilan taqdirlangan.
Ismoilov M.N. kafedraga 1968 yildan 1995 yilgacha rahbarlik qilgan.
Guli Islamovna Shayxova
(1951)
Gigienist, o‘zbek, t.f.d., professor, Xalqaro fanlar akademiyasini akademiki (MANEB). 1975 yilda ToshTIni tamomlagan.
1975-1990 yy. Shayxova G. I. kichik ilmiy xodim, aspirant, assistent, Ovqatlanish gigiena kafedrasi dotsenti, 1991-1993 yy. – SSSR Tibbiyot fanlar akademiyasi, Ovqatlanish institutini doktoranti, 1993 y. – dotsent, 1994 y. – professor, 1995 y. Ikkinchi ToshDavTIni Bolalar va o‘smirlar gigienasi kafedrasi mudiri. 2005-2012 yy. TTA Bolalar va o‘smirlar gigienasi va ovqatlanish gigienasi kafedrasi mudiri. 2012 yildan beri Bolalar, o‘smirlar va Ovqatlanish gigienasi kafedrasi professori.
1984 yilda nomzodlik dissertatsiyasini ximoyalagan (Umumiy va davolovchi ovqatlanish uchun yangi kombinatsiyalangan kolbasa maxsulotlarini gigienik asoslash va baholash), doktorlik dissertatsiyasini 1993 yilda himoya qilgan (Ixtisoslashgan mahsulotlardan foydalangan holda ayollar TTA alimentar korreksiyasini gigienik asoslash).
440 ta ilmiy nashrlarni muallifi: tibbiy-profilaktika fakulteti talabalari uchun 9 ta darslik yozgan; 10 ta monografiya, yangi ovqatlanish mahsulotlariga 33 ta texnik sharoit, 3 ta patent muallifi, 12 ta ratsionallashtirish takliflari kiritgan, 15 ta SanPiN muallifi, temir tanqisligi anemiyasini, endemik buqoqni, immun sistemani, hamda virusli gepatitni oldini olish va davolash uchun yangi ixtisoslashgan mahsulotlarni asoslab chiqish va ishlab chiqishni gigienik aspektlariga; kun tartibiga; haqiqiy ovqatlanishga; kasallanishga; maktabgacha bo‘lgan bolalarni funksional tayyorgarligiga; bolalar, o‘smirlar, talabalar va aholini o‘qitish va tarbiya masalalariga bag‘ishlangan 50 ta o‘quv qo‘llanmalarni va uslubiy tavsiyalarni muallifidir. Prof. G.I.Shayxova 2000-2007 yillari JFPR 9005 “Uluchshenie pitaniya maloobespechennыx materey i detey v stranax Azii” loyihasini yozishda bevosita ishtirok etgan. Hozirgi kunda O‘zbekistonda temir va vitaminlar bilan boyitilgan un ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yilgan. 2007 yilda tuzni yodlash va 2011 yilda esa unni boyitish bo‘yicha Qonunlar qabul qilingan.
«16.07.2013 Tib. 1703» ixtisoslashgan kengashni va Sog‘liqni saqlash gigienasi montematik komissiyasini rahbaridir. MANEB va «Ibn Sino» fondlarini a’zosi. Toshkent tibbiyot akademiyasi qoshidagi “Axborot” tahrir hay’ati va “Shifo–info» tibbiyot gazetasi a’zosi
2 ta fanlar doktori va 12 ta t.f.n. tayyorlagan.
OVQATLANISh GIGIENA KAFEDRASI
Vinokurov Petr Dmitrievich
(1885 – XXXX)
Gigienist, rus, tibbiyot fanlari doktori (1937), professor (1938), 1914 yilda Saratovsk Universitetini tamomlagan. 1937 yilda tibbiyot fanlari doktori ilmiy unvoni RSFSRni Sog‘liqni saqlash Narkomi tomonidan berilgan. Kommunal gigiena va sanitariya savollariga bag‘ishlangan, hamda Toshkent shahrini suv ta’minoti va kanalizatsiyasiga doir qator savollariga bag‘ishlangan 40 dan ortiq ilmiy ishlar muallifidir. 1936-1938 yy. – Kommunal gigiena kafedrasi mudiri, 1937 y. – Ovqatlanish gigienasi kafedrasi mudiri. Toshkent shahrini Kuybishev tuman kengashini deputati bo‘lgan.
Vinokurov P.D. kafedraga 1937 yilda rahbarlik qilgan.
Petrova Mariya Anatolevna
(1897-1981)
Gigienist, rus, t.f.d., professor. 1920 y. Tomsk universitetini fizika-matematik fakultetini, 1930 y. esa Kursk tibbiyot institutini tamomlagan. 1933 yilda ilmiy ishlar yig‘indisi bo‘yicha professor unvoni berilgan. 1936 yilda doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Gigiena savollariga bag‘ishlangan 36 ta ilmiy ishlar muallifidir. 1937-1946 yy. – Ovqatlanish gigienasi kafedra mudiri, 1937-1941 yy. – Umumiy gigiena kafedrasi mudiri bo‘lgan. 4 ta tibbiyot fanlar nomzodini tayyorlagan, Toshkent shahar Kengashini Sog‘liqni saqlash byuro seksiyasini a’zosi va institutni deputat guruhini a’zosi bo‘lgan.
Petrova M.A. kafedraga 1937 – 1946 yy. rahbarlik qilgan.
Maxkamov G‘ulom Maxkamovich
(1907-1997)
Gigienist, o‘zbek, 1947 yildan KPSS a’zosi, tibbiyot fanlari doktori (1958), professor (1960), O‘zSSRda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, O‘zSSRda xizmat ko‘rsatgan vrach, 1932 y. O‘rta Osiyo tibbiyot institutini tamomlagan, nomzodlik dissertatsiyasini 1940 yilda himoyalagan (Gigenik yorituvda O‘zbekiston qishloq aholisini ovqatlanishi), doktorlik dissertatsiyasini 1958 yilda (Ovqatlanish, bolalar jismoniy rivojlanishi va sog‘ligiga uning ta’siri). Ovqatlanishni muhim muammolari, xususan, bolalar ovqatlanishiga bag‘ishlangan 110 tadan ortiq ilmiy ishlar muallifidir, 1978 yildan beri – professor-konsultant, 3 ta tibbiyot fanlar doktorini va 11 ta tibbiyot fanlar nomzodini tayyorlagan. Ovqatlanishni tibbiy muammolari bo‘yicha muammoli hay’atni rahbari, Ovqatlanishni tibbiy muammolari bo‘yicha Butun ittifoq ilmiy kengashni a’zosi, gigienistlar jamiyatini Respublika Kengashini rahbar o‘rinbosari, ovqatlanish savollari bo‘yicha Butunittifoq jurnalini tahririy hay’at a’zosi, medallar bilan taqdirlangan, hamda “Otlichnik zdravooxraneniya” medali bilan taqdirlangan.
Maxkamov G‘.M. 1946 – 1978 yy. kafedraga mudirlik qilgan.
Romanchenko Natalya Lvovna
(1924-2002)
Gigienist, rus, tibbiyot fanlari doktori (1971), professor (1973). 1949 yilda ToshTIni tamomlagan. Kandidatlik dissertatsiyasini 1952 yilda himoyalagan (Ratsional stolning ozuqaviy qimmatliligini gigienik tavsifi (umumiy shifoxona ratsionlarini), doktorlik dissertatsiyasini 1971 y. (Bolalar va o‘smir yoshidagi sportsmenlarni oqsilli va vitaminli ovqatlanish me’yorlarini asoslash), aholini tashkillashgan guruhlarini ovqatlanishiga, shifoxona sharoitida ovqatlanishni tashkil etish, hamda ratsional ovqatlanish asoslarini populyatsiyasiga bag‘ishlangan 70 ta ilmiy ishlar muallifidir. 1978 yilda Ovqatlanish gigienasi kafedrasi mudiri.
Romanchenko N.L. 1978 – 1991 yy. kafedraga mudirlik qilgan.
Shaxobiddin Samarovich Baxritdinov
(1950)
Gigienist, o‘zbek, t.f.d., professor, Ekologik fanlar akademiyasini xaqiqiy a’zosidir (MANEP). 1973 y. ToshTIni tamomlagan. 1975-1980 yy. stajer-tadqiqotchi, kafedra assistenti, 1980-1981yy. m.n.s. O‘zITI sanitariya, gigiena va professional kasalliklar suv va tuproq laboratoriyasi mudiri, 1988-1991 yy. – pestitsidlarni gigienasi va toksikologiya laboratoriyasi mudiri, 1988-1991 yy. – NIISGiPR O‘zSSR SSV ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari, hamda bir vaqtni o‘zida professor, keyin esa Ikkinchi ToshDavTIni Gigiena kafedrasi mudiri. 2006-2012 yy. TTAning Farg‘ona filialini dekani, hamda o‘quv va ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari. 2012 yildan Bolalar, o‘smirlar, xamda ovqatlanish gigienasi kafedrasi professoridir.
Kandidatlik dissertatsiyasini 1978 y. himoyalagan (Yangi defoliant sAKS gigienasi va toksikologiyasi bo‘yicha materiallar), doktorlik dissertatsiyasini – 1988 y. (Kompleks nagruzkalar sharoitida organizmga ruxsat etilgan va real nagruzkali pestitsidlarni gigenik baholash). 120 ta ilmiy nashrlarni, 15 ta uslubiy qo‘llanmalarni, 5 ta kashfiyotni, 2 ta darslikni, hamda ovqatlanish gigienasini ilmiy asoslariga va pestitsidlarni toksikologiyasigi bag‘ishlangan 4 ta uslubiy qo‘llanmalarni muallifidir.
Jamoatli va administrativ faoliyat bilan shug‘ullangan: 1992-1996 yy. – sanitar-gigienik fakultetni dekani; Suv gigienasi, gigienani ilmiy asoslar, hamda pestitsidlarni, polimerlarni va plastmassalarni toksikologiyasi bo‘yicha SSSRni muammoli komissiyasini a’zosi, “Odam va biosfera” deb nomlangan YuNESKO dasturlari bo‘yicha O‘zbekiston milliy qo‘mitasining a’zosi, O‘zRning sanitariya vrachlari assotsiatsiyasi a’zosi, Gigiena bo‘yicha ixtisoslashgan kengashni avval rahbari, keyin rahbar o‘rinbosari va a’zosi (1985-1990 yy.), «EKOSAN» xalqaro fondining va «Ibn Sino» fondining a’zosi.
VDNX tarafidan taqdirlangan: «Otlichnik zdravooxraneniya SSSR», «Otlichnik sanitarnoy oboronы SSSR», «Otlichnik zdravooxraneniya Uzbekistana».
7 ta tibbiyot fanlar nomzodini tayyorlagan.
Baxretidinov Sh.S. kafedraga 1991 – 2005 yy. mudirlik qilgan.
2005 yilda TTA tashkil etilganidan so‘ng, Bolalar va o‘smirlar gigienasi kafedrasi, xamda Ovqatlanish gigienasi kafedralari birlashtirildi va 2012 yilgacha kafedra mudiri bo‘lib Xalqaro akademiyani akademiki, t.f.d. prof. G.I.Shayxova xizmat qildi.
Ermatov Nizom Jumakulovich
(1970)
Gigienist, o‘zbek, t.f.d. Ikkinchi ToshDavTIni mediko-profilaktik fakultetini 1993 yilda tamomlagan. 1993-1996 yy. Ermatov N.J. assistent, Ikkinchi ToshDavTIni bolalar va o‘smirlar gigienasi kafedrasida katta o‘qituvchi, 1996-1999 yy. – bolalar va o‘smirlar gigienasi kafedrasi aspiranti, 2001y. – bolalar va o‘smirlar gigienasi kafedrasi dotsenti. 2004 y. tibbiy-profilaktika fakultetini dekan o‘rinbosari vazifasida faoliyat yuritgan. 2011 y. TTAning PP va FPK bo‘limining rahbari bo‘lgan. 2012 yildan bo‘yon Toshkent tibbiyot akademiyasining Bolalar, o‘smirlar va ovqatlanish gigienasi kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat yuritmoqda.
Nomzodlik dissertatsiyasini 2000 y. himoya qilgan (Bolalar kontingenti orasida endemik bo‘qoqni oldini olishda ixtisoslashgan mahsulotlarni gigienik asoslash va baholash), doktorlik dissertatsiyasini 2011 y. (Turli xildagi ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan bolalar va o‘smirlarni jismoniy takomillashuvini gigienik asoslari).
2001 yilda Ikkinchi ToshDavTIni eng yaxshi dotsenti deb tan olingan. 170 ta ilmiy ishlarni muallifi: ulardan tibbiyot Oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun mo‘ljallangan 7 ta darslik (mualliflikda yozilgan), 6 SanPiN, 20 ta uslubiy qo‘llanmalar va tavsifnomalar, 50 ta jurnallarda maqolalar.
Akademiyani ilmiy kengash a’zosi, hamda tibbiy-profilaktika fakulteti va gigiena va sog‘liqni saqlashni tashkillashtirish bo‘yicha Ixtisoslashgan Kengashini ilmiy seminarini a’zosi, O‘zR SSVni Gigiena, epidemiologiya va infeksion kasalliklar bo‘yicha Respublika attestatsion komissiyasining a’zosidir.
Zamonaviy texnologiyalarni tatbiq etishning asoschisidir. Uning rahbarligida tematik o‘quv kabinetlari tashkil etilgan. O‘qitish jarayoniga yangi pedagogik texnologiyalarni tadbiq etish bilan birga, bilimlar darajasini ob’ektiv ko‘rsatib beruvchi uslublar bosqichma-bosqich tatbiq etilmoqda, ular orasida tibbiy-profilaktik yo‘nalishlar bo‘yicha talabalar bilimini baholashni integratsiyalashgan uslublari kiritilmoqda, bu esa o‘z navbatida o‘zlashtirishga musbat ta’sir etdi. Hozirgi vaqtda uning tashabbusiga ko‘ra tibbiy-profilaktik ishida umumiy amaliyot shifokorini tayyorlash xususiyatlarida ahamiyatga ega muhim takliflar kiritilgan.