Toshkent tibbiyot akademiyasi yosh olimlarni 2023-yil 16-dekabr kuni soat 10:00 da O‘zbekiston poytaxti Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan “Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishda oziqlanishning o‘rni” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etishga taklif etadi.
KONFERENSIYA YO‘NALISHLARI:
- Sog‘lom ovqatlanish
- Jamiyat va sog‘lom turmush tarzi
- Turmush tarzi va reproduktiv salomatlik
- Sog‘lom turmush tarzi va yuqumli bo‘lmagan kasalliklarning oldini olish
- Sog‘lom turmush tarzi va kasbiy faoliyat.
Konferensiyaning rasmiy tillari rus, oʻzbek, ingliz tillaridir.
O‘tkaziladigan joy: Toshkent sh., Farobiy ko‘chasi, 2, TTA Bolalar, o’smirlar va ovqatlanish gigiyena kafedrasida bo’ladi. Konferentsiya gibrid formatda (oflayn + onlayn) o‘tkaziladi.
Join Zoom Meeting
https://us02web.zoom.us/j/83028470494?pwd=V1lQZGVOVitpVEYvNmVUYk5YVXdFQT09
Meeting ID: 830 2847 0494
Passcode: 127926