Kafedrada tibbiy profilaktika fakultetining 5 va 6 kurs talabalariga Bolalar va o‘smirlar gigienasi fani va ovqatlanish gigienasi fanlari o‘qitiladi. Shuningdek alohida Bolalar va o‘smirlar gigienasi  ixtisosligi va Ovqatlanish gigienasi ixtisosligi bo‘yicha magistratura yo‘nalishlarida magistrlar tayyorlanadi.

         Kafedrada  Bolalar va o‘smirlar gigienasi fani bo‘yicha professor G.I.Shayxova, tibbiyot fanlari doktori N.J.Ermatov, dotsentlar Sh.X.G‘ulomova va  F.L.Azizova, katta o‘qituvchilar I.R Cho‘lponov va V.A.Baxtiyarovalar talabalarga nazariy va amaliy mashg‘ulotlar olib borishadi.

         Kafedrada ovqatlanish gigienasi fani bo‘yicha professor Sh.S.Baxritdinov, dotsent R.R.Alimova, katta o‘qituvchi t.f.n. I.X Shovaliev, t.f.n. G.T.Saidova, assitentlar  G.O.Toshmatova va N.X.Nabixodjaevalar talabalarga nazariy va amaliy mashg‘ulotlar olib borishadi.

Ma’ruzalarni   o‘zbek, rus va ingliz tillarida  Bolalar va o‘smirlar gigienasi fani bo‘yicha professor  G.I.Shayxova, tibbiyot fanlari doktori N.J.Ermatov o‘qiydi.

         Ovqatlanish gigienasi fani bo‘yicha professorlar G.I.Shayxova  Sh.S.Baxritdinov, dotsentlar  Sh.X.G‘ulomova va F.L.Azizovalar o‘qishadi

          Kafedrada щыuv jarayoni yuqori pedagogik  va informatsion texnologiyalar asosida olib boriladi.

Ovqatlanish gigienasi fani  

O‘quv fanining maqsadi va vazifalari

Fanni o‘qitishdan maqsad – Nutritsiologiya va ovqatlanish gigienasi sohasidagi fanning va amaliyotning yutuqlarn asosida, o‘qitishning progressiv usullarini qo‘llagan, hamda mutaxassislik bo‘yicha nazariy tayyorlov. Mulkchilikning shakllaridan qatiy nazar oziq-ovqat korxonalarida Davlat sanitariya nazorati o‘tkazishda amaliyot ko‘nikmalarini o‘rgatish. Buning uchun mahsulotlar xavfsizligining tibbiy-biologik kriteriylari, oziq-ovqat mahsulotlarinnng sanitar-kimyoviy ekspertizasi, ovqatlanish xarakteri bilan bog‘liq bo‘lgan aholi salomatlik holati, alimentar kasalliklarning oldini olish va aholi ovqatlanishini ratsionallashtirishni o‘rgatish kerak.


Амалий кўникмалар (.pdf) >>>