Ermatov Nizom Jumakulovich

Kafedra mudiri, professor, tibbiyot fanlari doktori

2001 yilda 2-ToshDavTIda Eng yaxshi dotsent nomnatsiyasini g‘olibi bo‘lgan.

220 ta ilmiy ishlar muallifi: ulardan 6 darslik va 3 ta o‘quv qo‘llanma (hammualliflikda), 6 SanMvaQ,  30 uslubiy qo‘llanmalar, 60 jurnallarda maqolalar chop ettirgan.

Toshkent tibbiyot akademiyasi, tibbiy-profilaktika fakulteti ilmiy kengashi va Gigiena va sog‘liqni saqlashni tashkillashtirish ixtisoslashtirilgan kengash ilmiy  kotibi, kengash qoshidagi seminar a’zosi. O‘zRSSV qoshidagi gigiena, epidemiologiya va yuqumli kasalliklar mutaxassisliklari attestatsiya hay’atining raisi.

Zamonaviy texnologiyalarning fanda qo‘llashda faol ishtirok etgan. Ularning rahbarligida mavzuviy tematik xonalar tashkillashtirilgan. O‘qitishning pedagogik texnologiyalarni o‘quv jarayonida bosqichma-bosqich qo‘llanilishi natijasida talabalarning bilim darajasi samarasini oshishi bilan birgalikda tibbiy-profilaktika  yo‘nalishi fanlarida vertikal va gorizontal integratsiyalarni amalga oshirilishi natijasida talabalarning o‘zlashtirish darajasining samarasi oshdi.

6 nafar fan magistrini tayyorlagan.

 


Guli Islamovna Shayxova

Professor,  tibbiyot fanlari doktori, Xalqaro Fanlar Akademiyasi akademigi (MANEB). .

G.I.Shayxova 370 ta ilmiy  ishlar muallifi: ulardan 6 ta tibbiy-profilaktika fakulteti talabalari uchun darslik; 12 ta monografiya, 33 yangi oziq-ovqat mahsulotlari uchun texnik shartlar, 3  ta patent, 12 ta ratsionalizatorlik tavsiyalar, 15 ta SanMvaQlar, 47 o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar chop etilgan bo‘lib, ularda temir tanqislik kamqonlik kasalligini davolash va oldini olish,  endemik buqoq, immun tizimi, virusli gepatit kasalligini oldini olish, aholining turli qatlamlari, talabalar, maktab o‘quvchilari va maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar kun tartibi, mutlaq ovqatlanish, kasallanish, maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning maktabga yetukligi aniqlash, bolalarni o‘qitish va tarbiyalash muammolariga qaratilgan masalalar yoritilgan.

Toshkent tibbiyot akademiyasi qoshidagi «Gigiena» ixtisoslashtirilgan kengash raisi, O‘zR SSV Bolalar va o‘smirlar gigienasi yo‘nalishi  bosh mutaxassisi, O‘zRSSV qoshidagi gigiena, epidemiologiya va yuqumli kasalliklar mutaxassisliklari attestatsiya hay’atining raisi, MANEB a’zosi.

Ular tomonidan 4 nafar fan doktori va 12 nafar fan nomzodlari tayyorlangan.


Shaxobidin Samarovich Baxritdinov

Professor,  tibbiyot fanlari doktori, Xalqaro ekologiya fanlar akademiyasining haqiqiy a’zosi (MANEP).

Ovqatlanish gigienasi va pestitsidlar borasida 120 ta ilmiy ishlar muallifi, 15- uslubiy ko‘rsatmalar, 5- ixtro, 2- o‘quv darsligi,  14- uslubiy qo‘llanmlar chop ettirgan.

Jamoatchilik va rahbar lavozimlaridagi faoliyati: 1992-1996 yillarda – tibbiy-profilaktika fakulteti dekani, sobiq SSSR polimer va yelim, pestitsidlar gigienasi va toksikologiyasi, suv gigienasining ilmiy gigienik asoslari muammolar kengashining a’zosi, YuNESKO dasturi asosida «Biosfera va odam» O‘zbekiston milliy qo‘mitasi a’zosi, O‘zR sanitariya vrachlari assotsiatsiyasi a’zosi, «Gigiena» ixtisoslashtirilgan kengashining raisi va rais muovini (1985-1990 yillarda.), «EKOSAN» halqaro jamiyatining a’zosi, «Ibn Sino» fondi a’zosi. «SSSR sog‘liqni saqlash a’lochisi», «SSSR sanitar himoyasi a’lochisi», «O‘zbekiston sog‘liqni saqlash a’lochisi».

7 nafar fan nomzodlarini tayyorlangan.

 


Azizova feruza Lyutpillaevna

TTA Ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori, kafedra dotsenti, gigienist, t.f.d.

56  ilmiy ishlar muallifi bo‘lib, ulardan: 4 darslik (hammualliflikda),  4 SanMvaQ,
8 ilmiy jurnallarda ilmiy maqolalari chop etilgan.


Abdullayeva Dilafruz G’ayratovna

“Bolalar, o‘smirlar va ovqatlanish gigienasi” kafedrasi katta o‘qituvchisi, PhD


Saidova Gulbaxor Tursunalievna

Kafedra assistenti, gigienist, t.f.n.

15 ta ilmiy ishlar muallifi: ulardan 2 darslik (hammualliflikda), 2  ta uslubiy qo‘llanma,
2  ta buklet,  9  ta tezislar chop ettirgan


Otajonov Ilxom Otaboyevich

Kafedra dotsenti, gigienist, t.f.d.

37 ilmiy ishlar muallifi: ulardan 2 tasi darslik (hammualliflikda),  7 ta ilmiy maqolalar,
2 ta uslubiy qo‘llanma, 2 ta buklet,  20 ta tezislar chop ettirgan


Xayitov Javoxir Baxodirovich

Kafedra assistenti, gigienist, PhD


Ortiqov Bobomurod Boymamatovich
Kafedra katta o’qituvchisi, gigienist, PhD

Toshkent tibbiyot akademiyasini 2018 yilda tugatgan. Magistrlik mavzusi: «Qandli diabetga chalingan bemorlarning ovqatlanishini gigienik baxolash». TTAda ish staji 2018 yildan