
Xush kelibsiz!
“Bolalar, o‘smirlar va ovqatlanish gigiyenasi kafedrasiga”

Bugungi kunda Bolalar, o‘smirlar va ovqatlanish gigiyenasi kafedrasining xodimlarning asosiy vazifasi mamlakatimizdagi bolalar va o‘smirlarni salomatlik holatiga xavf soluvchi omillarni oldini olish, ularning o‘sish va rivojlanishining garmonikligini ta’minlashda ahamiyatga ega bo‘lgan ta’lim jarayonining gigiyenik reglamentlarini ishlab chiqish, sog‘lom ovqatlanish, jihozlar gigiyenasi, turli ta’lim muassasalarini loyihalashtirish va qurish gigiyenasi bilan birgalikda aholining turli qatlamlari orasida ovqatlanish, yangi oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqish, mahalliy oziq-ovqat mahsulotlarining ozuqaviy va biologik qiymatini baholash, funksional oziq-ovqatlar bilan ta’minlash, aholi orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ibot qilish bilan birgalikda mamalakatimizda sohaga doir normativ–huquqiy me’yoriy standartlar ishlab chiqishdan iborat.
Shuningdek, tibbiy profilaktika yo‘nalishi 3-, 4- va 5-chi kurs talabalariga Bolalar va o‘smirlar gigiyenasi, oziq-ovqat xavfsizligi, ovqatlanish gigiyenasi fanlaridan ta’lim berish bilan bir
