
Dotsent PhD. Ortiqov Bobomurod Baymamatovich
Ortiqov Bobomurod Baymamatovich 1989 yilda Qashqadaryo vioyatida tug‘ilgan. Ortiqov Bobomurod Baymamatovich 2016 yilda Toshkent tibbiyot akademiyasini tugatgan. 2016-2018 yillar davomida Toshkent tibbiyot akademiyasi Bolalar, o‘smirlar va ovqatlanish gigienasi kafedrasida “Ovqatlanish gigienasi” yo‘nalishi bo‘yicha magistraturada tahsil olgan. Umumiy mehnat staji 10 yil, shu jumladan pedagogik ish staji 8 yil..
2018-2021 yillarda Toshkent tibbiyot akademiyasi Bolalar, o‘smirlar va ovqatlanish gigienasi kafedrasida assistent.
2022 yildan hozirgacha Toshkent tibbiyot akademiyasi Bolalar, o‘smirlar va ovqatlanish gigienasi kafedrasida katta o‘qituvchi.
2025 yil Toshkent davlat tibbiyot universiteti Bolalar, o‘smirlar va ovqatlanish gigienasi kafedrasida dotsenti lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.
Oilali, uch nafar farzandning otasi
Ilmiy yo‘nalishda mustaqil tadqiqotchi (PhD) sifatida Oliy Attestatsiya Komissiyasi tomonidan tasdiqlangan “COVID -19 infeksiyasi bilan og‘rigan bemorlar ovqatlanish holatini gigienik tahlil qilish va ilmiy asoslash” mavzusidagi 14.00.07-Gigiena ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish dissertatsiya ishini muvoffaqiyali himoya qilgan. Ilmiy rahbar – t.f.d., professor Shayxova Guli Islamovna.
Ilmiy yo‘nalishda mustaqil tadqiqotchi (DSc) sifatida Oliy Attestatsiya Komissiyasi tomonidan tasdiqlangan “2. Kaliy ishlab chiqarish korxonasi ishchilarining ovqatlanish statusi va salomatlik holatini yaxshilashga qaratilgan ovqatlanish tartibini takomillashtirish” mavzusidagi 14.00.07-Gigiena ixtisosligi bo‘yicha fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish dissertatsiya ishini davom ettirmoqda. Ilmiy rahbar – t.f.d., professor Ermatov Nizom Jumaqulovich.
Ortiqov Bobomurod Baymamatovich ilmiy rahbarligida “Nutritsiologiya” ixtisosligi bo‘yicha 2 ta magistratura talabalari dissertatsiyalarini himoyaga olib chiqqan, hozirgu kunda 3 ta talabaga ilmiy raxbarlik qilmoqda. Nutritsiologiya ixtisosligi bo‘yicha 3 ta klinik ordinatura talabalariga rahbarlik qilgan.
Ortiqov Bobomurod Baymamatovich magistratura va bakalavriatura talabalariga nazariy va amaliy bilim va ko‘nikmalarni chuqur o‘zlashtirishga amaliy yordam berib kelmoqda. U tibbiy profilaktrika ta’lim yo‘nalishi 3,4 va 5 bosqich talabalari uchun Ovqatlanish gigienasi fanidan fan, ishchi va modul dasturilarini, Nutritsiologiya mutaxassisligi magistratura yo‘nalishlari talabalari uchun modul dasturlarini tayyirlash, fan bo‘yicha majmua, darslik, o‘quv qo‘llanma, o‘quv uslubiy qo‘llanma, monografiya va uslubiy tavsiyanomalarni tayyorlashda faol ishtirok etib keladi.
Ortiqov Bobomurod Baymamatovich Toshkent tibbiyot akademiyasining 2-Respublika Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi bilan Tashkiliy, o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, manaviy-ma’rifiy ishlari, iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘yicha hamkorlik aloqalariga ma’sul xodim. 2023-24, 2024-25 va 2025-26 o‘quv yillarida qabul komissiyasi a’zosi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.
Ortiqov Bobomurod Baymamatovich o‘z faoliyati davomida 35 dan ortiq maqola va tezislar, 1 ta darslik(mahmualliflikda), 1 ta darslik, 2 ta o‘quv qo‘llanma, 5 ta o‘quv uslubiy qo‘llanma, 4 ta managrafiya va 3 ta uslubiy tavsiyanomalarni muallifi hisoblanadi.
