
Assistent, PhD Kamilova Aida Sheraliyevna
Kamilova Aida Sheraliyevna 1988 yilda Samarqand vioyatida tug‘ilgan. 2012-yilda Toshkent tibbiyot akademiyasini tugatgan. 2012-2014 yillar davomida Toshkent tibbiyot akademiyasi Bolalar, o‘smirlar va ovqatlanish gigiyenasi kafedrasida “Ovqatlanish gigiyenasi” yo‘nalishi bo‘yicha magistraturada tahsil olgan. Umumiy mehnat staji 10 yil, shu jumladan pedagogik ish staji ham 10 yil.
2015-2025 yillarda Toshkent tibbiyot akademiyasi Bolalar, o‘smirlar va ovqatlanish gigiyenasi kafedrasida assistent.
2025-yildan hozirga qadar Toshkent davlat tibbiyot universiteti Bolalar, o‘smirlar va ovqatlanish gigiyenasi kafedrasida assistent lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.
Oilali, uch nafar farzandning onasi.
Ilmiy yo‘nalishda 2025- yilda mustaqil tadqiqotchi (PhD) sifatida Oliy Attestatsiya Komissiyasi tomonidan tasdiqlangan “Maktab yoshidagi bolalarga gelmintoz kasalliklari profilaktikasi va gigiyenik asoslash” mavzusidagi falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish dissertatsiya ishini muvoffaqiyatli himoya qilgan.
Kamilova Aida 2021-2025 yillarda Toshkent tibbiyot akademiyasi Malaka oshirish fakulteti ilmiy kotibasi sifatida faoliyat olib borgan. 2024-2025 o‘quv yillarida Toshkent tibbiyot akademiyasining qabul komissiyasi a’zosi sifatida faoliyat yuritgan.
Kamilova Aida Sheraliyevna ovqatlanish gigiyenasi magistratura va bakalavriatura talabalariga nazariy va amaliy bilim va ko‘nikmalarni chuqur o‘zlashtirishga amaliy yordam berib kelmoqda. U tibbiy profilaktika ta’lim yo‘nalishi 3,4 va 5 bosqich talabalari uchun Ovqatlanish gigienasi fanidan fan, ishchi va modul dasturlarini, Sog‘liqni saqlashni boshqarish va jamoat salomatligini saqlash: Ovqatlanish mutaxassisligi magistratura yo‘nalishi talabalari uchun modul dasturlarini tayyorlash, fan bo‘yicha majmua, darslik, o‘quv qo‘llanma, o‘quv uslubiy qo‘llanma, monografiya va uslubiy tavsiyanomalarni tayyorlashda faol ishtirok etib keladi.
Kamilova Aida Sheraliyevna o‘z faoliyati davomida 50 dan ortiq maqola va tezislar, 3 ta o‘quv uslubiy qo‘llanma, 1 ta monografiya va 1 ta uslubiy tavsiyanomalarni muallifi hisoblanadi.
