Ma’naviy ishlar

Tarixdan kuch olib, kelajak sari dadil qadam

2026-yil 5-fevral kuni Toshkent davlat tibbiyot universitetida talaba-yoshlar uchun yuksak ma’naviy ahamiyatga ega madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Talabalar poytaxtimizning nufuzli san’at maskanlaridan biri – O‘zbek Milliy akademik drama teatri sahnasida namoyish etilgan Jaloliddin Manguberdi spektakliga tashrif buyurdilar. Tashrif yoshlar qalbida milliy g‘urur, fuqarolik mas’uliyati va Vatanga sadoqat tuyg‘ularini mustahkamlashga qaratildi. Tadbirda universitetning Tibbiy-profilaktika va jamoat salomatligi fakultetidan 25 nafar talaba ishtirok etdi. Ushbu madaniy tashrif tarixiy merosni chuqur anglash, ajdodlar jasorati va fidoyiligini yosh avlod ongiga singdirish nuqtayi nazaridan muhim ahamiyat kasb etdi.

Spektakl davomida buyuk sarkarda – Jaloliddin Manguberdi siymosi orqali Vatan ozodligi, matonat va sadoqat g‘oyalari yorqin ifoda etildi. Sahnadagi tarixiy voqealar talabalarda milliy o‘zlikni anglash, tarixiy xotirani mustahkamlash hamda kelajak oldidagi mas’uliyatni teran his etishga turtki berdi.
Universitet va Mudofaa vazirligi Veteranlar markaziy kengashi hamkorligida tashkil etilgan tashrifda faxriy harbiylar va boshqa kuch tuzilmalari vakillarining xizmat yo‘li talaba-yoshlar uchun ibrat maktabi sifatida e’tirof etildi. Tadbir yakunida Veteranlar markaziy kengashi raisi, iste’fodagi polkovnik Abubakir Davlatovich Navruzov tomonidan quyidagi fikr bildirildi:“Yosh avlodning tarixiy xotiraga sodiq va Vatanga mas’uliyat bilan yondashadigan bo‘lib voyaga yetishi – mamlakatimiz kelajagining eng muhim kafolatidir.”
Tashkiliy jarayonlarda fakultet talabalari Oripov Hasan va Eshboyev Dilshod faol ishtirok etib, tashabbuskorlik va jamoaviy hamkorlik namunasini ko‘rsatdilar.
Bugungi kunda Toshkent davlat tibbiyot universiteti nafaqat yuqori malakali mutaxassislar tayyorlaydigan ta’lim maskani, balki yoshlarning ma’naviy-axloqiy kamolotini ta’minlaydigan muhim tarbiya markazi sifatida faoliyat yuritmoqda. Universitet hamda Mudofaa vazirligi Veteranlar markaziy kengashi o‘rtasidagi mazkur hamkorlik kelgusida ham tizimli ravishda davom ettiriladi va yoshlar o‘rtasida vatanparvarlik ruhini mustahkamlashga qaratilgan yangi loyihalar bilan boyitib boriladi.

Komil Eshkuvatov, Bolalar, o‘smirlar va ovqatlanish gigiyenasi kafedrasi assistenti, mustaqil izlanuvchi (PhD), iste’fodagi tibbiy xizmat polkovnigi.

 


 

Kafedraning ma’naviyat, ma’rifat va tarbiya ishlari bo’yicha katta o’qituvchisi Chulpanov I.R. rahbarligida ma’naviyat, ma’rifat va tarbiya ishlari bo’yicha katta o’qituvchi I.R. Chulponov rahbarligida ish olib borilmoqda.

O’quv yili boshida kafedra tashkil etildi va ish kafedraning tasdiqlangan rejasiga muvofiq olib borildi. Kafedrada ma’naviyat va ma’rifat xonasi, maqolalar to’plami, muntazam ravishda nashr etiladigan «Tibbiy kitob» mavjud bo’lib, kafedra xodimlari, hukumatimiz va talabalarimizning qarorlari, TTAning hayot hikoyalari bilan tanishtiriladi. Shuningdek, kafedra professor-o’qituvchilari akademiya va fakultetda o’tkaziladigan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda faol ishtirok etadilar.

Texnika fanlari nomzodi Shayxova G.I., professor Baxriddinov Sh.Sh., dotsent Ermatov NJ, dotsent Azizova F.L., katta o’qituvchilar: t.f.n. Chulponov I.R., t.f.n. Sayidova G.T., t.f.d. Otajonov I.O. Yordamchilar: Kamilova A.Sh., Niyazova O.A., Xayitov J.B. — Tibbiy-profilaktika va harbiy-tibbiyot fakultetlarining oʻquv guruhlarida muntazam ravishda maʼnaviy-maʼrifiy va tarbiyaviy ishlarni olib borish. Shuningdek, maktablar, kollejlar va mahallalarda maʼnaviy-maʼrifiy mavzular boʻyicha seminarlar va maʼruzalar tashkil etish.