








Ayni vaqtda Toshkent davlat tibbiyot universitetida “Nutritsiologiyaning dolzarb muammolari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tmoqda.
Ushbu tadbir Bolalar, o‘smirlar va ovqatlanish gigiyenasi kafedrasining 90-yilligiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda mahalliy va xorijiy mutaxassislar ishtirok etmoqda.
Hozirda anjuman doirasida zamonaviy ovqatlanish, sog‘liqni saqlash va ilmiy innovatsiyalar muhokama qilinmoqda.
Plenar yig‘ilishlar va seksion ma’ruzalar orqali dolzarb muammolar yechimlari taklif etilmoqda.



Toshkent davlat tibbiyot universiteti va 2-Respublika Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi hamkorligi doirasida kasbiy ta’lim tashkilotlarida kasbiy ta’lim sifatini oshirish maqsadida davra suhbati va mahorat darslari o‘tkazildi.
Toshkent davlat tibbiyot universiteti “Bolalar va o‘smirlar ovqatlanish gigiyenasi” kafedrasining hamkorlik rejasiga asosan kafedra xodimlari tomonidan “Sog‘lom ovqatlanish mezonlari”, .»Hamshiralik ishida deontologiyaning tutgan o‘rni», «Favqulodda vaziyatlarda aholini muhofaza tadbirlari» mavzularida davra suhbati va mahorat darslari tashkil etildi.
Ushbu davra suhbati va mahurat darslarida texnikumi o‘quvchilarida sog‘lom turmush tarzi, sog‘lom ovqatlanish, kasbiy etika va deontologiya hamda favqulotda vaziyatlarda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, xavfsizlik qoidalariga rioya qilish bo‘yicha ma’lumotlar berildi va qizg‘in savol javoblarga boy tarzda olib borildi. Bundan tashqari o‘quvchi yoshlarda kasbiy qiziqish va kasbga yo‘naltirish masalasiga xam e’tibor qaratildi.
Hamkorlik rejalari asosida tashkil etilayotgan mahorat darslari va davra suhbatlari texnikumi o‘quvchilarining texnikumdan keyin oliy ta’lim muassasalarida o‘qishni davom ettirishi va kelajakda o‘z mutaxassisligi bo‘yicha yetuk kadr bo‘lib yetishishida muhim ahamiyat kasb etadi.

2025-yilda Toshkent tibbiyot akademiyasida Talabalar ilmiy tadqiqot ishlari bo‘yicha yig’ilish bo’ldi
Bolalar, o‘smirlar va ovqatlanish gigiyna,Nutrisiologiya fan yo‘nalishi bo‘yicha Bolalar, o‘smirlar va ovqatlanish gigiynasi kafedra Tanlov kamissiyasi 2025-yil 22-fevral kuni Bolalar, o‘smirlar va ovqatlanish gigiyna kafedrasi 1 — qavat ma’ruzalar zalida bo‘lib o‘tdi. Tanlov soat 13:00 da boshlandi. Tanlov komissiyasi raisi Ermatov N.J. kirish so‘zi bilan bo‘shladilar. Tanlovda TTAdan 8 nafar talabalar ishtirok etdi. Har bir ma‘ruzadan so‘ng savol-javoblar bo‘lib o‘tdi. Tanlov yakunida hakamlar hayati tomonidan qo‘yilgan ballar umumlashtirilib, sovrinli o‘rinlar va nominatsiyalarni Tanlov komissiyasi raisi o‘rinbosari Otajonov I.O. tomonidan e’lon qilindi. Shuningdek har bir qilingan ma‘ruza alohida etirof etildi.







Kafedra mudiri Ermatov N.J. Koreyada sinov muddatida bo’ldi.
2018-yil 16-22-aprel kunlari kafedra mudiri prof. Ermatov N.Yu. Koreyada «Tibbiy-AKT integratsiyalashgan eksport konsorsiumi» («Koreya raqamli kasalxonasi va ilg’or tibbiy AKT tizimi») dasturi bilan tanishdi va tajriba orttirdi.


«SAMARQANDDA SALOMATLIK KUNLARI»
Yangi davrning har bir lahzasi isloh qilinmoqda. Xususan, so‘nggi yillarda sog‘liqni saqlash sohasida ko‘plab jamoat salomatligi muammolari bartaraf etilib, ularning barchasi birinchi navbatda aholi salomatligini yaxshilashga qaratilgan.
Eng yaxshi xizmat — xalqqa xizmat qilish!
«SAMARQANDDA SALOMATLIK KUNLARI»
Shaxsan prezident sohani rivojlantirishga alohida e’tibor qaratayotgani ma’lum. Sog‘liqni saqlash tizimidagi tibbiyot xodimlariga kelsak, aytish mumkinki, ular yiliga bir necha marta duch kelishadi.
Toshkent tibbiyot akademiyasi professorlari guruhi: Barno Xolmatova, Guli Shayxov, Munir Allayeva, Shaxlo Bakiyev va shifokor, nevropatolog va professor, gazeta tahririyati a’zolari Zarifboy Ro‘zmetov, «Shifo-Info» tashabbusni qo‘llab-quvvatlab, mahalliy aholi bilan hamkorlikda 4-5-may kunlari Samarqandda yuzma-yuz uchrashib, bir oy davomida o‘z salomatliklarini ko‘rish, bepul tashxis qo‘yish, maslahat va tavsiyalar berish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Professor Barno Holm


«Ibn Sino ta’limotida ovqatlanish va zamonaviy diyetologiya» mavzusida konferensiya
2018-yilning 18-may kuni Urganch shahrida «Ibn Sino ta’limotida ovqatlanish va zamonaviy diyetologiya» mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Konferensiya Toshkent tibbiyot akademiyasining Urganch filialida bo‘lib o‘tdi.
Konferensiyada Toshkent tibbiyot akademiyasi professorlari Sherzod Yahyoyevich Zokirxo‘jayev — «Diyetologiyani rivojlantirish,» Guli Islamovna Shayxova — «Sog‘lom turmush tarzida ovqatlanishning o‘rni» mavzularida ma’ruzalar bilan ishtirok etmoqda.
