Alimuxamedov Dilshod Shavkatovich

Professor, tibbiyot fanlari doktori Alimuxamedov Dilshod Shavkatovich

Men, Dilshod Shavkatovich Alimuxamedov, 1975-yil 23-avgustda Toshkent shahrida ziyolilar oilasida tug’ilganman. Millatim o‘zbek. “Adolat” Sotsial-demokratik partiyasi a’zosiman.

1992-yilda 249-sonli o‘rta umumta’lim maktabni imtiyozli medal bilan tugatganman. Oliy ma’lumotliman. 1998-yilda Ikkinchi Toshkent davlat tibbiyot institutini tibbiy-profilaktika mutaxassisligi bo‘yicha muvaffaqiyatli bitirganman. Tibbiyot fanlari doktori va dotsent ilmiy unvonliman. Rus va ingliz tillarini bilaman.

Mehnat faoliyatim 1990-yilda Respublika onkologiya ilmiy markazining “Nihol” korxonasida laboranti sifatida boshlaganman va u yerda 1992-yilgacha ishlaganman. 1992-yildan 1998-yilgacha Ikkinchi Toshkent davlat tibbiyot institutida talaba bo‘lganman. O‘qishni bitirgandan so‘ng, men Toshkentdagi turli sanitariya-epidemiologiya nazorati muassasalarida sanitariya shifokori bo‘lib ishlaganman, 2008-yilga kelib ovqatlanish gigienasi bo‘yicha sanitariya vrachidan Toshkent davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazining bosh vrachi darajasiga ko‘tarilganman.

2014-yildan 2015-yilgacha men mazkur markazda pullik xizmatlar bo‘yicha bosh vrach o‘rinbosari lavozimida ishladim. Keyin esa Toshkent tibbiyot akademiyasida katta ilmiy xodim (2015–2018 yy.) va “Baktriya diagnostik sistemalari” mas’uyati cheklangan jamiyatga qarashli laboratoriya mudiri (2016–2019 yy.) lavozimlarida ishladim.

2019-yildan 2021-yilgacha men yana Toshkent davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati tizimida, avval fizik omillar laboratoriyasida sanitariya vrachi, keyin esa Boshqarmaning axborot-tahlil bo‘limida yetakchi mutaxassis sifatida ishladim.

2020-yilda men pedagogik faoliyatini boshladim va 2025-yilgacha Toshkent tibbiyot akademiyasining Bolalar, o‘smirlar va ovqatlanish gigienasi kafedrasida assistent va dotsent lavozimlarida ishladim.

2025-yil 26-avgustdan boshlab men Toshkent davlat tibbiyot universitetining Bolalar, o‘smirlar va ovqatlanish gigienasi kafedrasida professor lavozimida ishlab kelmoqdaman.

2011-yilda menga “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligiga 20 yil” esdalik nishoni bilan taqdirlandim.

2006-yilda 14.00.07-Gigiyena ixtisosligi bo‘yicha tibbiyot fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun “O‘zbekiston qishloq joylarida yashovchi bolalar va o‘smirlarda temir tanqisligi anemiyasining oldini olish va davolashni gigienik asoslash” mavzusidagi dissertatsiya ishini himoya qilganman. 2018-yilda 14.00.07-Gigiena ixtisosligi bo‘yicha tibbiyot fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun “Jamoat va davolovchi ovqatlanish uchun ixtisoslashtirilgan mahsulotlarni tibbiy va biologik asoslash” mavzusidagi dissertatsiya ishini himoya qilganman.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Attestatsiya Komissiyasining qarori bilan 2024-yilda menga ovqatlanish gigienasi mutaxassisligi bo‘yicha dotsent ilmiy unvoni berildi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Attestatsiya Komissiyasining qarori bilan 2021-yildan beri men Toshkent davlat tibbiyot universiteti huzuridagi DSc.06/2025.27.12.Tib.03.01 ilmiy darajalarini beruvchi ilmiy kengashning ilmiy kotibi lavozimida faoliyat olib bormoqdaman. 2022-yildan beri men Toshkent davlat tibbiyot universiteti tomonidan ta’sis etilgan “Yosh olimlarning tibbiy jurnali”ning mas’ul kotibi lavozimida ishlab kelmoqdaman.

O‘quv yillarida bolalar, o‘smirlar va ovqatlanish gigiyenasi kafedrasining o‘quv, ilmiy ishlar va malakaviy amaliyotni tashkilishtirishda faoliyat yuritib kelmoqdaman. O‘quv va ilmiy jarayoni bilan bog‘liq barcha hujjatlarni yuritib, talabalar bilimini baholash uchun reyting tizimini rivojlantirish yuzasidan keng ko‘lamli o‘quv-uslubiy ishlarni nazorat qilib bormoqdaman.

«Nutritsiologiya» va «Ovqatlanish gigiyenasi»  yo‘nalishi bo‘yicha magistrlar rahbari sifatida faoliyat ko‘rsatib kelmoqdaman. Kafedrada ular bilan doimiy ravishda o‘quv, ilmiy-uslubiy va ma’naviy-ma’rifiy ishlar olib boraman. Nutritsiologiya fanidan magistrlar uchun ishchi dasturlar, amaliy mashg‘ulotlar va ma’ruzalarning muallifiman.

Tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori ilmiy darajali 1 nafar shogird tayorlaganman. Hozirgi kunda mening rahbarligimda 5 ta falsafa doktori dissertatsiya ishlari bajarilmoqda.

2022 yilda Toshkent tibbiyot akademiyasida «COVID-19: klinik va etik yordam berish aspektlari» mavzusidagi grant loyihasida muvafaqiyatli ishtiroq etganman. 2025 yildan Toshkent davlat tibbiyot universitetida “Qon aylanish kasalliklari (Uyqu va yonbosh arteriyalari aterokaltsinozi) kliniko biokimyoviy va patologenetik muammolari, nevrologik, kognitiv, suyak bo‘g‘imlari asoratlari, davolash” mavzusidagi FM-20230414707-sonli grant loyihasida faol ishtiroq etib kelmoqdaman.

Ilmiy tadqiqotlarim natijalarini qator ilmiy va o‘quv-uslubiy ishlarda chop etganman, xususan 100 tadan ortiq ilmiy va o‘quv-uslubiy ishlar, shulardan 83 ta ilmiy maqola, jumladan nufuzli xorijiy jurnallarda 20 ta, 63 ta mahalliy jurnallarda, 2 ta darslik, 4 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma, 7 ta uslubiy tavsiyanoma, 5 ta monografiya, 7 ta DGU chop etilganman. Xirsh indeksim 4.0 ni tashkil etadi. Ilmiy faoliyatim davomida qator tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, tibbiyot fanlari doktori dissertatsiya ishlari, o‘quv va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, uslubiy tavsiyanomalar, darsliklar, magistratura talabalari ilmiy ishlariga taqriz berganman.

Yuqori malakali olim, izlanuvchan, faol tashkilotchi, potensial tadqiqotchi va o‘qituvchiman. Men nafaqat kafedra va dekanat, balki Toshkent davlat tibbiyot universiteti jamoasi tomonidan ham hurmatga sazovorman.