Bo‘riboyev Eldar Mamurjonovich

Dotsent, PhD Bo‘riboyev Eldar Mamurjonovich

Eldar Mamurjonovich Bo‘riboyev — 1992-yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek. 2017-yilda Toshkent tibbiyot akademiyasining Tibbiy profilaktika fakultetini tamomlagan. 2020-yilda Toshkent tibbiyot akademiyasining Ovqatlanish gigiyenasi yo‘nalishi bo‘yicha magistraturani tamomlagan.

2017–2018-yillarda M. Ulug‘bek tumani DSENM Mehnat gigiyenasi bo‘linmasida sanitariya vrachi lavozimida faoliyat yuritgan.

2018-yilda M. Ulug‘bek tumani DSENM Mehnat gigiyenasi bo‘linmasi mudiri vazifasini bajaruvchi lavozimida ishlagan. 2020–2021-yillarda Toshkent tibbiyot akademiyasi Bolalar, o‘smirlar va ovqatlanish gigiyenasi kafedrasida assistent lavozimida faoliyat olib borgan. 2021–2024-yillarda Toshkent tibbiyot akademiyasi Bolalar, o‘smirlar va ovqatlanish gigiyenasi kafedrasida tayanch doktorant sifatida tahsil olgan. 2024–2025-yillarda Toshkent tibbiyot akademiyasi Bolalar, o‘smirlar va ovqatlanish gigiyenasi kafedrasida assistent lavozimida ishlagan.

2025-yildan buyon Toshkent davlat tibbiyot universitetining Bolalar, o‘smirlar va ovqatlanish gigiyenasi kafedrasida dotsent lavozimida ishlab kelmoqda.

E. M. Bo‘riboyev 2024-yilda tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan.

Faoliyati davomida E. M. Bo‘riboyev o‘zini tajribali va malakali pedagog hamda mutaxassis sifatida namoyon etgan. U ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarni sifatli olib boradi, o‘quv jarayonida zamonaviy texnik vositalar va ilmiy adabiyotlardan samarali foydalanadi. Ish jarayonida izlanuvchan, mehnatsevar va mas’uliyatli mutaxassis ekanligi bilan ajralib turadi.

E. M. Bo‘riboyev o‘z ustida muntazam ishlaydi, kasbiy mahoratini doimiy ravishda oshirib boradi hamda jamoat ishlarida faol ishtirok etadi. E. M. Bo‘riboyev 15 dan ortiq ilmiy, o‘quv va o‘quv-uslubiy nashrlar muallifi bo‘lib, ko‘plab xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlarda faol qatnashib kelmoqda.