Xaydarov Shovkatjon Madaminjon o‘g‘li

Katta o‘qituvchi, PhD Xaydarov Shovkatjon Madaminjon o‘g‘li

Shovkatjon Madaminjon o‘g‘li Xaydarov — 1992-yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek. 2018-yilda Toshkent tibbiyot akademiyasining Tibbiy profilaktika fakultetini tamomlagan. 2020-yilda Toshkent tibbiyot akademiyasining Ovqatlanish gigiyenasi yo‘nalishi bo‘yicha magistraturani tamomlagan.

2018–2018-yillarda Yakkasaroy tumani Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi Kommunal gigiyena bo‘linmasida sanitariya vrachi lavozimida faoliyat yuritgan.

2018-2019 yillarda Respublika Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi Bolalar va o‘smirlar gigiyenasi bo‘linmasi sanitariya vrachi lavozimida ishlagan.

2019–2020-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi Milliy laboratoriya kompleksi Laboratoriya xizmatlarini rivojlantirish bo‘limi sanitariya vrachi, 2020–2022-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati Davlat xizmatlarini ko‘rsatish boshqarmasi yetakchi mutaxassisi lavozimlarida faoliyat yuritgan.

2022-2025-yillarda Toshkent tibbiyot akademiyasi Bolalar, o‘smirlar va ovqatlanish gigiyenasi kafedrasida tayanch doktorantura (PhD) bosqichida tahsil olgan. Tibbiyot fanlari doktori, professor Ermatov Nizom Jumaqulovich ilmiy rahbarligida 14.00.07 – Gigiyena ixtisosligi bo‘yicha “Maktabgacha ta’lim yoshidagi tez-tez kasallanuvchi bolalarning kunlik ratsionida biologik faol qo‘shimchalar samaradorligini gigiyenik baholash” mavzusida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib brogan va dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qilib PhD ilmiy darajasini olgan.

2025-yildan sentyabr oyidan buyon Toshkent davlat tibbiyot universitetining Bolalar, o‘smirlar va ovqatlanish gigiyenasi kafedrasida katta o‘qituvchi lavozimida, shuningdek, ichki o‘rindoshlik asosida Toshkent davlat tibbiyot universiteti Tibbiy profilaktika va jamoat salomatligi fakultetida o‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari lavozimida ishlab kelmoqda.

Faoliyati davomida Sh.M.Xaydarov o‘zini tajribali va malakali mutaxassis sifatida namoyon etgan. U bir qancha sanitariya qoidalari, me’yorlari va gigiyenik normativlari ishlab chiqishda va hukumat qarorlari loyihalarini tayyorlashda bevosita ishtirok etgan.

Pedagog sifatida ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarni sifatli olib boradi, o‘quv jarayonida zamonaviy texnik vositalar, raqamli texnologiyalar va ilmiy adabiyotlardan samarali foydalanadi. Ish jarayonida izlanuvchan, mehnatsevar va mas’uliyatli mutaxassis ekanligi bilan ajralib turadi.

Sh.M. Xaydarov o‘z ustida muntazam ishlaydigan xodim bo‘lib, kasbiy mahoratini doimiy ravishda oshirib boradi hamda jamoat ishlarida faol ishtirok etadi.

Sh.M. Xaydarov 15 dan ortiq ilmiy, o‘quv va o‘quv-uslubiy nashrlar muallifi bo‘lib, ko‘plab xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlarda faol qatnashib kelmoqda.