
Dotsent PhD, Xayitov Javoxir Baxodirovich
Xayitov Javoxir Baxodirovich 2009 yilda Toshkent tibbiyot akademiyasini, 2011 yilда Toshkent tibbiyot akademiyasi “Jamoat salomatligini saqlash va sog‘liqni saqlashni boshqarish” yo‘nalishi bo‘yicha magistraturada tahsil olgan. Umumiy mehnat staji 20 yil, shu jumladan pedagogik ish staji 10 yil.
2017-2023 yillarda Toshkent tibbiyot akademiyasi Bolalar, o‘smirlar va ovqatlanish gigienasi kafedrasida assistent, 2024 yil Toshkent davlat tibbiyot universiteti Bolalar, o‘smirlar va ovqatlanish gigienasi kafedrasida dotsenti lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.
2020-yil 30-dekabr Toshkent Tibbiyot Akademiyasi huzuridagi DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03 Ixtisoslashgan Kengashda «Turli sport turlari bilan shug‘llanuvch yosh sportchlarning ovqatlanish stasusini gigiyenik baholash» mavzusida 14.00.07 – Gigiyena ixtisosligi bo‘yicha himoya qilgan.
Bugungi kund «Xususiy maktab tashkilotlarining o‘quv jarayonini gigiyenik optimallashtirishning ilmiy asoslash» mavzusidagi 14.00.07-Gigiena ixtisosligi bo‘yicha fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish dissertatsiya ishini davom ettirmoqda
Bundan tashqari talabalar bilimini nazorat qilish va baholash uchun reyting tizimini rivojlantirish yuzasidan keng ko‘lamli uslubiy ishlar olib bormoqda.
Ilmiy faoliyat:ilmiy va o‘quv-uslubiy ishlar chop etilgan, xususan jami 50 ta ilmiy va oʻquv-uslubiy ishlari chop etilgan, shulardan 37 tasi ilmiy maqola, 2 ta monografiya, 1 ta darslik, 7 ta oʻquv-uslubiy qoʻllanma, 2 ta mualliflik guvohnomasi chop etgan.
